AsosiyDunyo

Nega YI Trampning Rossiyaga munosabatidan shubhalanmoqda?

AQSH rasmiylari va Yevropa Ittifoqi yetakchilari AQSH Prezidentining Rossiyaga tinchlik bo‘yicha muzokaralar uchun ajratilgan muddatni qisqartirish qaroriga shubha bilan qarashmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

'Nega YI Trampning Rossiyaga munosabatidan shubhalanmoqda?'ning rasmi

Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Tramp joriy etayotgan bojlarini katta qadam emasligini, Rossiyaning “mojaroni hal qila olmagani” uchun unga jiddiy sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha amalda hech qanday muhim qadam tashlamagan.

AQSH Davlat departamentining sobiq xodimi Edvard Fishmanning xabar qilishicha, Tramp hokimiyatga kelgandan buyon biror marta ham Rossiyaga qarshi yangi sanksiya paketlari joriy etilmagan, aksincha amaldagi cheklovlar ham yumshatilgan.

Ayrim mansabdorlar nashrga bergan intervyuda Prezident endi Vladimir Putin bilan shaxsiy aloqaga suyanib, Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzishiga ishonishmayotganini aytishgan. Ularning aytishicha, shu sababli ham AQSH Prezidenti bosim siyosatini tanlagan.

    Boshqa yangiliklar