AsosiyDunyo

Endi ChatGPT bilan muloqot qilish hukumatga topshiriladimi?

Shifokorlar, huquqshunoslar va psixoterapevtlar bilan suhbatlar sir saqlanadi, ammo sun’iy intellekt uchun bunday qoidalar hali mavjud emas.

'Endi ChatGPT bilan muloqot qilish hukumatga topshiriladimi?'ning rasmi

Endi ChatGPT bilan muloqot qilganlarning yozishmalari hukumatga topshirilishi mumkin. Bu haqida OpenAl rahbari Sem Altman xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, ChatGPT bilan suhbatlar maxfiylik bilan himoyalanmagan.  Shunday bo‘lishiga qaramasdan endilikda  sun’iy intellekt bilan o‘tkazilgan suhbat hukumat vakillariga yetib borishi mumkin.

Biroq buni Open Al asoschisi quyidagicha  izohlaydi: “Agar siz ChatGPT bilan eng nozik muammolaringiz haqida gaplashsangiz, keyin qandaydir sud jarayoni boshlansa, bizni bu ma’lumotlarni taqdim etishga majbur qilishlari mumkin va men buni juda noto‘g‘ri deb hisoblayman”.

Shuningdek, shifokorlar, huquqshunoslar va psixoterapevtlar bilan suhbatlar professional sir saqlanadi, ammo sun’iy intellekt uchun bunday qoidalar hali mavjud emas. Open Al asoschisining aytishicha, sun’iy intellekt bilan suhbatlar uchun ham maxfiylik konsepsiyasini tuzish kerak.

Bugunki junda yoshlar ChatGPT platformasidan terapevt, hayot murabbiyi yoki munosabatlar bo‘yicha maslahatchi sifatida qo‘llanmoqda. Boshqa esa messenjerlardan farqli o‘laroq, OpenAI, ChatGPT bilan yozishmalaringizni o‘qiy oladi hamda kompaniya xodimlari ushbu ma’lumotlardan modelni takomillashtirish uchun foydalandi. 

Ma’lumot uchun, OpenAI siyosatiga ko‘ra, bepul va pullik ChatGPT versiyalaridagi masofaviy chatlar, xavfsizlik nuqtayi nazaridan saqlash kerak bo‘lmasa, 30 kun ichida butunlay o‘chirib tashlanadi.

    Boshqa yangiliklar