AsosiyDunyo

Netanyaxuga suiqasd uyushtirildi

Gumonlanuvchi sifatida 70 yoshli ayol qo‘lga olingan.

'Netanyaxuga suiqasd uyushtirildi'ning rasmi

Isroillik keksa ayol Bosh vazir Binyamin Netanyaxuga suiqasd uyushtirishda gumonlanib, Shin Bet xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olindi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, ertaga, 24 iyul kuni ayolning sudi bo‘lib o‘tadi. U terrorchilik harakatini amalga oshirishga til biriktirishda ayblanmoqda.

Aytilishicha, gumonlanuvchi 70 yoshdagi ayol hukumatga qarshi namoyishchi bo‘lib, u oilasi bilan suhbatda “Bosh vazir Binyamin Netanyaxuni o‘ldirish niyatini bildirgani” va unga granata bilan hujum qilishni rejalashtirgani uchun hibsga olingan.

“Yedioth Ahronoth” nashrining yozishicha, ayol norozilik harakatining boshqa faollariga murojaat qilib, qurol olishga uringan, shuningdek, Netanyaxuning xavfsizligi qanday tashkil etilganini bilib olgan.

Huquq-tartibot idoralariga uning niyati haqida ma’lumot kelib tushganidan so‘ng, gumonlanuvchi Shin Bet tomonidan qo‘lga olingan. Ayol so‘roq qilish uchun Og‘ir va xalqaro jinoyatlarni tergov qilish milliy boshqarmasiga olib ketilgan. U aybini qisman tan olgan.

Ayolning yoshi, sog‘lig‘i va shaxsiy sharoitlarini inobatga olgan holda, o‘sha kunning o‘zidayoq cheklangan shartlar ostida qo‘yib yuborilgan. Profilaktika chorasi sifatida gumonlanuvchiga Bosh vazir va davlat muassasalariga yaqinlashishi taqiqlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya raketa urgan paytda navbatchilik qilgan harbiylar aniqlangani aytildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:02

    Rossiya raketa urgan paytda navbatchilik qilgan harbiylar aniqlangani aytildi

    Boku hamda Grozni yo‘nalishidagi samolyot halokatidan keyin harbiylar ismi oshkor etildi.

    'Jinoyat uchun qamalgan rossiyalik generalga orden berildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:59

    Jinoyat uchun qamalgan rossiyalik generalga orden berildi

    Zaporoje viloyatida xizmat qilgan sobiq general Popov mukofotlandi – u hozirda koloniyada jazo o‘tamoqda.

    'Fransiya Falastinni rasman tan oladi — Makron'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:56

    Fransiya Falastinni rasman tan oladi — Makron

    Parij sentyabr oyida rasmiy bayonot e’lon qiladi.

    'Finlyandiya Rossiyadan kelgan siyosiy muhojirlarga boshpana bermayapti'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:48

    Finlyandiya Rossiyadan kelgan siyosiy muhojirlarga boshpana bermayapti

    So‘nggi 5 yilda siyosiy boshpana so‘rovlarining ko‘pchiligiga salbiy javob berilgan.

    '“Tesla” 300 million dollar yo‘qotdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:45

    “Tesla” 300 million dollar yo‘qotdi

    Tramp bilan mojaro fonida kompaniya bosim ostida qoldi.

    'Saudiya Arabistoni Suriyaga 6,4 mlrd dollar sarmoya kiritadi'ning rasmi

    Dunyo 24.07.2025 22:31

    Saudiya Arabistoni Suriyaga 6,4 mlrd dollar sarmoya kiritadi

    Bu haqda qirollik sarmoya vaziri Xolid al-Folih bayonot berdi.