AsosiyJamiyat

Air China aviakompaniyasi Pekin vа Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Parvozlar haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

'Air China aviakompaniyasi Pekin vа Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi'ning rasmi

Xitoyning milliy aviatayinlovchisi — Air China ilk bor Pekin–Toshkent–Pekin yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

2025 yil 19 iyul kuni soat 19:40 daToshkent xalqaro aeroportiga aviakompaniyaning birinchi reysi kelib qo‘ndi. Zamonaviy Boeing-737samolyotida yetib kelgan ekipaj va yo‘lovchilar an’anaviy suv arkasi va gullar bilan tantanali tarzda kutib olindi.

— “Biz Xitoy va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishdan mamnunmiz. Bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo, sayyohlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Air China nafaqat yo‘lovchilarni, balki shaharlar va imkoniyatlarni ham bog‘lovchi ko‘prik bo‘lishga intilmoqda”, — dedi aviakompaniya vakili.

“Uzbekistan Airports Handling” direktorining birinchi o‘rinbosari Umid Hamrayev esa quyidagicha izoh berdi:

— “Air China kabi yirik hamkorni qabul qilishdan mamnunmiz. Ushbu yo‘nalishga talab yuqori bo‘lishiga ishonchimiz komil. Yo‘lovchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.”

Parvozlar haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Air China — Xitoyning eng yirik va asosiy aviakompaniyasi bo‘lib, Star Alliance xalqaro alyansi a’zosi hisoblanadi. Kompaniya 1988 yilda tashkil etilgan va Pekin aeroportida joylashgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Navoiyni zararli tutun qopladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:07

    Navoiyni zararli tutun qopladi

    Hodisa kecha sodir bo‘lgan. Viloyatni qoplagan zararli tutun qayerdan kelganiga hali ham aniq javob berilmadi.

    'Ikki hududda "svet"dan o‘g‘rincha foydalanganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:33

    Ikki hududda "svet"dan o‘g‘rincha foydalanganlar qo‘lga tushdi

    Har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Akademik litseylarga kirish imtihonlari vaqti ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:24

    Akademik litseylarga kirish imtihonlari vaqti ma’lum bo‘ldi

    Test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi.

    'Poytaxtda avtobus butunlay yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:17

    Poytaxtda avtobus butunlay yonib ketdi

    Hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

    'Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘ini kuylagan xonanda jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:19

    Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘ini kuylagan xonanda jarimaga tortildi

    Nihol mukofoti sovrindori Guljahon Xolxo‘jayeva qo‘shiq kuylashda muallif ruxsatini olmagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

    'Bugun ham harorat 45 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:02

    Bugun ham harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

    20 iyul kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.