Oqibatda piyoda bo‘lgan 2021 yilda tug‘ilgan bola avtomobil zarbasiga uchradi.
Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 20:50 da 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘z boshqaruvidagi Chery avtomobilida piyodalar o‘tish joyida fuqarolarga yo‘l berib turgan Lasetttining orqa qismiga kelib urilgan.
Shuningdek, u avtomobilning old qismi bilan piyodani ham urib yuborgan. Surishtiruv davomida haydovchi transport vositasini spirtli ichimlik ta’sirida boshqargani aniqlandi, mastlik holati tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Holat yuzasidan tergovgacha qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






