AsosiyJamiyat

Xonadonlarni maishiy gaz ballonlari bilan ta'minlash tartibi tasdiqlandi

Maishiy gaz ballonlari tabiiy gaz tarmogʻiga ulanmagan hududlarda yashovchi jismoniy shaxslarga beriladi.

'Xonadonlarni maishiy gaz ballonlari bilan ta'minlash tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 17 aprelda qabul qilingan 180-son qarori bilan «Turarjoy xonadonini maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlashda davlat xizmatini ko‘rsatish»ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) portali orqali vakolatli operator tomonidan amalga oshiriladi. Maishiy gaz ballonlari tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmagan hududlarda yashovchi jismoniy shaxslarga beriladi.

Vakolatli operator ariza kelib tushgan kundayoq ma’lumotlarni «E-gaz» tizimida shakllantiradi hamda 1 ish kuni ichida arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tekshiradi. 3 ish kuni ichida esa ariza beruvchining manziliga chiqib, holat joyida o‘rganiladi va dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Agar dalolatnoma ijobiy xulosa bilan yakunlansa, ariza beruvchi bilan «Maishiy gaz ballonni vaqtincha foydalanishga berish to‘g‘risida» hamda «Suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish to‘g‘risida»gi shartnomalar ikki nusxada tuziladi.

Shartnomalar asosida ariza beruvchi «Face ID» tizimi orqali tegishli hisobvaraq bilan ta’minlanadi. Shundan so‘ng, 1 dona maishiy gaz balloni 12 ish kuni ichida bepul yetkazib beriladi.

    Boshqa yangiliklar