Ma’lum qilinishicha, Ruanda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 167-davlatga aylandi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamda Ruanda tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Olive Nduhungirehe diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommunikeni imzoladi.
Shuningdek, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi ham imzolandi.
Ushbu hujjatlarning imzolanishi O‘zbekistonning Afrika qit’asi davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.






