AsosiyJamiyat

Yangi hayotda ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi

Bugun tushdan keyin Toshkentning Yangihayot tumanida joylashgan korxonalardan birida yong‘in chiqdi.

'Yangi hayotda ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi'ning rasmi

19 aprel kuni soat 15:23 da Yangihayot tumani Daryo bo‘yi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi yonayotgani haqida xabar kelib tushdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 15:35 da yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan. Vaziyat mas’ul idoralar tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Ushbu yong‘in soat 16:01 da to‘liq o‘chirildi. 

    Boshqa yangiliklar