AsosiyDunyo

Tojikiston "Rogun" GЕS'dan O‘zbekistonga 20 yil davomida elektr energiyasi yetkazib beradi

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida 20 yillik elektr energiyasi bo‘yicha muhim bitim imzolandi.

'Tojikiston "Rogun" GЕS'dan O‘zbekistonga 20 yil davomida elektr energiyasi yetkazib beradi'ning rasmi

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida 20 yillik elektr energiyasi bo‘yicha muhim bitim imzolandi. Hujjatga ko‘ra, har 1 kVt/soat elektr energiyasi 3,4 sent narxda sotiladi. Narx har yili 1 foizga oshirib boriladi — bu jarayon ikkinchi yildan boshlanadi.

Elektr energiyasi asosan O‘zbekistonda taqchillik kuzatiladigan paytlarda, ikki davlat operatorlari kelishgan jadval asosida yetkazib beriladi.

Ro‘gun GЕS to‘liq ishga tushmaguncha, energiya faqat vegetatsion davr — 1 apreldan 30 sentyabrgacha yetkaziladi.

Bitim 20 yilga mo‘ljallangan. Agar tomonlar muddati tugashidan 6 oy oldin bekor qilish niyatini bildirmasa, u avtomatik tarzda yana 10 yilga uzaytiriladi.

    Boshqa yangiliklar