Buyuk Britaniya va Germaniya urush holatida bir-biriga harbiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi yangi shartnomani imzolash arafasida. Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Berlin rasmiylariga ko‘ra, tashabbus Rossiyaning tobora keskinlashib borayotgan siyosati va AQSHda Donald Trampning hokimiyatga qaytish ehtimoli ortidan NATOga bo‘lgan ishonch pasayib borayotgan fon bilan bog‘liq.
“Bu NATOning mashhur 5-moddasiga muqobil emas. Balki uni to‘ldiruvchi chora”, — deyiladi Germaniya bayonotida.
Shartnoma Yevropaning AQSHdan mustaqil harakat qilishga bo‘lgan urinishlarini yana bir bor ko‘rsatmoqda.