AsosiyDunyo

“Suriya urushdan qo‘rqmaydi” — Prezident al-Shara Isroil hujumlari fonida xalqqa murojaat qildi

Isroilning so‘nggi haftalardagi hujumlari fonida bu murojaat Suriyada keskinlik kuchayib borayotganining navbatdagi belgisi sifatida talqin qilinmoqda.

'“Suriya urushdan qo‘rqmaydi” — Prezident al-Shara Isroil hujumlari fonida xalqqa murojaat qildi'ning rasmi

Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Shara davlat telekanali orqali xalqqa murojaat qildi.

So‘zlariga ko‘ra, Suriya mintaqani navbatdagi urush maydoniga aylantirmoqchi bo‘lgan kuchlarga qarshi turadi, ammo o‘zi urush boshlamoqchi emas.

“Biz mojaro hududiga aylanmasligimiz kerak. Ammo shuni aniq aytaman: Suriya xalqi urushdan qo‘rqmaydi. U o‘z qadr-qimmati uchun kurashishga tayyor”, — dedi prezident al-Shara.

Isroilning so‘nggi haftalardagi hujumlari fonida bu murojaat Suriyada keskinlik kuchayib borayotganining navbatdagi belgisi sifatida talqin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar