AsosiyDunyo

“Erkatoy shoh” orzusi endi YUNЕSKO merosiga kirdi

Bavariyaning 4 qarorgohi dunyoning tarixiy adibdalar ro‘yxatiga qo‘shildi.

'“Erkatoy shoh” orzusi endi YUNЕSKO merosiga kirdi'ning rasmi

Germaniyaning mashhur to‘rt inshooti — Neushvaynshhteyn, Lindxerxof, Herrenximzee saroylari hamda Shaxen tepaligidagi qirollik qarorgohi rasman YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda DW yozmoqda.

Nomzodlik “Qurilgan orzular” (Gebaute Träume) deb nomlangan bo‘lib, mazkur saroylar Bavariya qiroli Lyudvig II tomonidan barpo etilgan. Ular “gezamtkunstverk” — ya’ni, yagona san’at asari sifatida baholanmoqda.

Eng mashhur inshoot — Neushvaynshhteyn saroyi, aynan shu ertaknamo binodan ilhomlanib, Walt Disney logotipi yaratilgan. Lyudvig II esa tarixda “Ertaklar qiroli” sifatida qolgan. Biroq bu saroylar uchun sarflangan ulkan mablag‘lar unga “ruhiy nosog‘lom” degan tamg‘a bilan taxtdan chetlashtirish bahonasiga aylandi.

Ammo vaqt Lyudvigni oqladi. O‘sha paytda sarmoya sifatida qabul qilinmagan bu saroylar bugun Bavariyani dunyo sayyohlik markaziga aylantirib ulgurgan.

    Boshqa yangiliklar