AsosiyJamiyat

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Keyingi yig‘ilish 17 iyun kuniga belgilandi

'Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi'ning rasmi

Markaziy bank boshqaruvining 2026 yil 29 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, asosiy stavka 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil mart oyida umumiy inflyatsiya yillik 7,1 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha pasaygan. Shu bilan birga, umumiy inflyatsiya yil oxiriga qadar 6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2026 yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozi 7–7,5 foizgacha oshirilgan.

Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy muhitdagi geosiyosiy ziddiyatlar, neft va oziq-ovqat narxlarining oshishi, logistika xarajatlarining ko‘payishi inflyatsiyaga qo‘shimcha bosim ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilgan.

Markaziy bank pul-kredit siyosati orqali inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga tushirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholi xarid qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026 yil 17 iyun kuniga belgilangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida PPH xodimiga nisbatan bildirilgan ayblovlar rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:09

    Toshkent viloyatida PPH xodimiga nisbatan bildirilgan ayblovlar rad etildi

    Rasmiy maʼlumotga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

    'Kiberxavfsizlik markazi tizimlariga kiberhujum bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:26

    Kiberxavfsizlik markazi tizimlariga kiberhujum bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar asossiz ekani ma’lum qilindi.

    'Sirdaryoda soliq xodimi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:08

    Sirdaryoda soliq xodimi pora bilan ushlandi

    Tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi mansabdori 10 mln so‘mlik tilla taqinchoqni olayotganda qo‘lga tushdi.

    'Haj ziyorati bahonasida 9 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 28.04.2026 09:43

    Haj ziyorati bahonasida 9 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi

    Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Samarqandda 11 ta gaz shohobchasi narx oshirgani uchun jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 28.04.2026 08:37

    Samarqandda 11 ta gaz shohobchasi narx oshirgani uchun jarimaga tortildi

    Fuqarolar metan narxi qo‘shni tumanlarga nisbatan qimmatligi va keskin oshganidan shikoyat qilgan.