Ijtimoiy tarmoqlarda Kiberxavfsizlik markazi ichki tizimlariga buzib kirilgani va xodimlar ma’lumotlari sizdirilgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida markazning axborot tizimlariga hech qanday ruxsatsiz kirish holatlari aniqlanmagan. Shuningdek, muassasa faoliyatida bunday turdagi ma’lumotlar bazasidan foydalanilmasligi ta’kidlangan. Mutasadidlar amaldagi qonunchilikka ko‘ra, har bir sayt egasi yoki blogger internetga ma’lumot joylashtirishdan avval uning ishonchliligini tekshirishi shartligini eslatdi. Agar xabar yolg‘on ekani aniqlansa, u darhol o‘chirilishi lozim. Foydalanuvchilardan asossiz xabarlarga ishonmaslik va faqat rasmiy manbalarga tayanilishi so‘raldi.
Boshqa yangiliklar

Jamiyat Bugun 07:09
Toshkent viloyatida PPH xodimiga nisbatan bildirilgan ayblovlar rad etildi
Rasmiy maʼlumotga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Jamiyat Bugun 06:06
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Keyingi yig‘ilish 17 iyun kuniga belgilandi

Jamiyat Bugun 05:02
Оҳангаронда ППХ ходими 14 ёшли қизларга тегажоғлик қилганликда гумонланмоқда
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat ortidan rasmiy tekshiruv boshlandi.

Jamiyat Bugun 03:08
Sirdaryoda soliq xodimi pora bilan ushlandi
Tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi mansabdori 10 mln so‘mlik tilla taqinchoqni olayotganda qo‘lga tushdi.

Jamiyat 28.04.2026 09:43
Haj ziyorati bahonasida 9 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jamiyat 28.04.2026 08:37
Samarqandda 11 ta gaz shohobchasi narx oshirgani uchun jarimaga tortildi
Fuqarolar metan narxi qo‘shni tumanlarga nisbatan qimmatligi va keskin oshganidan shikoyat qilgan.
