Ma'lum qilinishicha, mansabdor shaxs zargarlik buyumlari savdosi bilan shug'ullanuvchi MChJga nisbatan go'yoki 1 mlrd so'mdan ortiq aylanmani yashirgani vajibi bilan qo'llanishi mumkin bo'lgan 145 mln so'm jarimani bekor qilish va kelgusi faoliyatiga “yordam” berish evaziga pora talab qilgan.
U qiymati 10 mln so'mlik tilla taqinchoqni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






