AsosiyJamiyat

Haj ziyorati bahonasida 9 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Haj ziyorati bahonasida 9 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi'ning rasmi

Andijon viloyati Asaka tumanida muqaddas Haj ziyoratiga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan 9 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1975 yilda tug‘ilgan Asaka tumanida yashovchi shaxs 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro va uning onasiga Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratini tashkil qilib berish evaziga har biri uchun 9 ming dollardan, jami 18 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 9 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Boshqa yangiliklar