AsosiyJamiyat

"Qoplonbek" postida janjal bo'ldi

Yuk tashuvchi 10 sutkaga qamaldi.

'"Qoplonbek" postida janjal bo'ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan bojxona postida yuz bergan holatga huquqiy baho berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2026-yil 25-aprel kuni tungi soat 01:00 atrofida fuqaro I.X. (1989 y.t.) Qoplonbek bojxona posti orqali to‘rt dona bozor sumkasini olib kirish uchun yuk tashuvchi bo‘lib ishlovchi J.S. (1993 y.t.) bilan 500 ming so‘mga kelishgan.

Yuklar olib o‘tilgandan so‘ng J.S. yana 100 ming so‘m talab qilgan. Shu orqali o‘rtada tortishuv kelib chiqqan. Janjal vaqtida u o‘zini “hududga qarovchi shaxs” sifatida tanishtirib, fuqaroni haqorat qilgan.

Holat yuzasidan Toshkent tumani IIB tomonidan J.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi asosida hujjatlar rasmiylashtirildi. Sud qaroriga ko‘ra, unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar