AsosiyJamiyat

Toshkent qanday bo‘ladi: poytaxt uchun dizayn-kod ishlab chiqildi

Biznes-ombudsman Toshkent shahar kengashiga qarorning tadbirkorlikka oid qismlarini qayta ko‘rib chiqish va kuchga kirish muddatini uzaytirishni taklif qildi.

'Toshkent qanday bo‘ladi: poytaxt uchun dizayn-kod ishlab chiqildi'ning rasmi

Biznes-ombudsman devoni tomonidan Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining “Dizayn-kod”ga oid qarori o‘rganildi. O‘rganish natijasida hujjatning ayrim bandlari amaldagi qonunchilikka zid ekani aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi loyihalar Biznes-ombudsman bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak. Biroq mazkur qaror ushbu talabga rioya etilmasdan qabul qilingan.

Qarorda reklama vositalari uchun belgilangan “past to‘yingan” va “neytral” kabi tushunchalarning huquqiy mezoni aniq ochib berilmagani qayd etilgan. Shuningdek, ranglarni birxillashtirish talabi intellektual mulk huquqlariga, xususan ro‘yxatdan o‘tgan brendlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bildirilgan.

Bundan tashqari, yangi talablarga moslashish uchun berilgan 3 oylik muddat yetarli emasligi, jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlangan.

Shu munosabat bilan Biznes-ombudsman Toshkent shahar kengashiga mazkur qarorning tadbirkorlikka oid qismlarini qayta ko‘rib chiqish, tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda kuchga kirish muddatini uzaytirish bo‘yicha taklif kiritgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'KOICA O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish uchun 14 mln dollar ajratadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:50

    KOICA O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish uchun 14 mln dollar ajratadi

    Loyiha asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida amalga oshiriladi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.04.2026 14:44

    ''ning rasmi

    Jamiyat 24.04.2026 13:55

    'Energiya yo‘qotishlari keskin tanqid qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 24.04.2026 11:18

    Energiya yo‘qotishlari keskin tanqid qilindi

    Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda mamlakat iqtisodiyoti, inflyatsiyani jilovlash, energiya tejamkorligi, turizm va boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

    'Ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushi pastligicha qolmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 24.04.2026 05:25

    Ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushi pastligicha qolmoqda

    Qator tovarlar bo‘yicha import ustunligi saqlanib, yangi ishlab chiqarish imkoniyatlari ochilmoqda