AsosiyJamiyat

KOICA O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish uchun 14 mln dollar ajratadi

Loyiha asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida amalga oshiriladi.

'KOICA O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish uchun 14 mln dollar ajratadi'ning rasmi

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorlikda yangi strategik loyihani boshladi.

Loyiha doirasida 2026–2032 yillar oralig‘ida umumiy qiymati $14 mln bo‘lgan dastur amalga oshiriladi.

Asosiy yo‘nalishlar:

Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda 16 ta raqamli ta’lim markazi tashkil etish;

Zamonaviy IT o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;

IT o‘qituvchilari va markaz xodimlarini malaka oshirish.

Loyihaning maqsadi — yoshlar uchun raqamli iqtisodiyotda ishlash va tadbirkorlik qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda IT-ta’lim ekotizimini mustahkamlash.

    Boshqa yangiliklar