AsosiyJamiyat

Ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushi pastligicha qolmoqda

Qator tovarlar bo‘yicha import ustunligi saqlanib, yangi ishlab chiqarish imkoniyatlari ochilmoqda

'Ichki bozorda mahalliy mahsulotlar ulushi pastligicha qolmoqda'ning rasmi

Raqobat qo‘mitasi huzuridagi tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, qator tovar bozorlarida mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi pastligicha qolmoqda.

Jumladan, MDF plitalar bozorida mahalliy ishlab chiqarish ulushi atigi 8,1 foizni tashkil etgan. Sport poyabzallari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 10,2 foiz, poyabzal kremida esa 11,1 foizni tashkil etgan.

Ayrim tovarlar, xususan elektroustara va zajigalkalar bo‘yicha esa mahalliy ishlab chiqarish umuman mavjud emas — bozor to‘liq import hisobiga ta’minlanmoqda.

Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishlarda ichki ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Qo‘mita tadbirkorlarni ushbu segmentlarga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Soliq qo‘mitasi restorarlardan qonunga rioya qilishni talab qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:18

    Soliq qo‘mitasi restorarlardan qonunga rioya qilishni talab qildi

    YATT orqali chek berib, QQSdan qochayotgan tadbirkorlar ogohlantirildi.

    'Qozogʻiston Oʻzbekistonga neft yetkazib berishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:15

    Qozogʻiston Oʻzbekistonga neft yetkazib berishi mumkin

    Ikki davlat o‘rtasida energetika va sanoat sohasidagi hamkorlik kengaymoqda.

    'Isroil–Livan o‘rtasidagi sulh yana uzaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:12

    Isroil–Livan o‘rtasidagi sulh yana uzaytirildi

    AQSh tashabbusi bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi yana uch haftaga davom etadi

    'Ishdagi stress har yili yuz minglab odamlar umriga zomin bo‘lmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:09

    Ishdagi stress har yili yuz minglab odamlar umriga zomin bo‘lmoqda

    Uzoq ish vaqti, tazyiq va ruhiy bosim global sog‘liq uchun jiddiy tahdidga aylangan.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:17

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    24 aprel kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi.