AsosiyJamiyat

Qo‘qonda 90 ming dollar qarzni 842 ming dollar qilib qaytarishni talab qilganlar ushlandi

Hozir holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.

'Qo‘qonda 90 ming dollar qarzni 842 ming dollar qilib qaytarishni talab qilganlar ushlandi'ning rasmi

Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchilar jabrlanuvchiga 2025 yil dekabr oyidan boshlab $90 ming qarz bergan. Keyin esa foiz hisoblab, undan $842 ming talab qilgan.

Ular ayolni o‘zi va oila a’zolariga zarar yetkazish bilan qo‘rqitib, muntazam ravishda pul undirib kelgan.

Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan JKning 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    Boshqa yangiliklar