Ayni paytda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida "Amir Temur va Temuriylar sivilizatsiyasining jahon tarixi va madaniyatida tutgan o‘rni va ahamiyati" mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.


Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda Amir Temur merosi hamda Sharq Renessansi sivilizatsiyasining jahon tarixidagi o‘rni muhokama qilinmoqda.

Yig‘inda 20 dan ortiq mamlakatdan yuzlab olimlar va ekspertlar qatnashyapti.






