Eron Isroilning Livonga qilgan hujumlariga javoban Hormuz bo‘g‘ozini yopdi. Bu haqda kecha, 8 aprel kuni “Fars” xabar berdi.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bilan aloqador bo‘lgan “Fars”ning xabar berishicha, 8 aprel kuni ikkita neft tankeri Eron ruxsati bilan bo‘g‘oz orqali o‘tgan bo‘lsa-da, endilikda harakat to‘xtatilgan.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil tomonidan amalga oshirilgan aviazarbalar to‘lqini oqibatida kamida 112 kishi halok bo‘lgani va 837 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.
Avvalroq Isroil mudofaa armiyasi (TSAXAL) hozirgi keskinlik boshlangandan beri “Hizbulloh” ob’ektlariga eng yirik zarbalar seriyasini bergani ma’lum bo‘lgan edi.






