AsosiyJamiyat

Endi mahallalarda profilaktika kuchaytiriladi

Инспекторлар эса ортиқча вазифалардан озод қилинади ва рақамли бошқарув механизмлари жорий этилади.

'Endi mahallalarda profilaktika kuchaytiriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda Ichki ishlar vazirligidagi Jamoat xavfsizligi departamenti faoliyatini zamonaviy boshqaruv va raqamli nazorat asosida qayta tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Takliflarga ko‘ra, profilaktika inspektorlari ortiqcha vazifalardan ozod qilinib, ularning asosiy e’tibori mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratiladi. “Mening inspektorim” elektron tizimi joriy etilib, sud-tibbiy muassasalar bilan ma’lumot almashuvi raqamlashtiriladi hamda inspektorlar online o‘qitiladi.

Shuningdek, inspektorlarga ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolatini berish, ma’muriy ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish va profilaktika bo‘yicha yagona axborot bazasini yaratish rejalashtirilmoqda. Prezident mutasaddilarga jamoat xavfsizligini mustahkamlash va fuqarolar murojaatlariga tezkor javob berish bo‘yicha aniq echimlar ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Тошкентда 556 минг долларлик крипто айланмасига алоқадор йигит ушланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:39

    Тошкентда 556 минг долларлик крипто айланмасига алоқадор йигит ушланди

    Toshkent shahrida katta miqdorda noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasini amalga oshirgan yosh fuqaro qo‘lga olindi.

    'Dollar kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:10

    Dollar kursi koʻtarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi sulhni olqishladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:45

    O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi sulhni olqishladi

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi mintaqada oʻt ochish toʻxtatilganini ijobiy baholadi.

    'Andijonda Cobalt ikki bolani urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:22

    Andijonda Cobalt ikki bolani urib yubordi

    Hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

    'Eron sulhga Xitoy bosimi ortidan rozi bo‘ldimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:46

    Eron sulhga Xitoy bosimi ortidan rozi bo‘ldimi?

    Eronning AQSh bilan ikki haftalik o't ochishni to'xtatishga roziligi ortida tashqi bosimlar turgani aytilmoqda.

    '2 mlrd so‘mlik QQS “qaytarish” sxemasi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:16

    2 mlrd so‘mlik QQS “qaytarish” sxemasi fosh etildi

    Gumonlanuvchilar 340 million so‘mni olayotganda qo‘lga tushdi.