AsosiyJamiyat

2 mlrd so‘mlik QQS “qaytarish” sxemasi fosh etildi

Gumonlanuvchilar 340 million so‘mni olayotganda qo‘lga tushdi.

'2 mlrd so‘mlik QQS “qaytarish” sxemasi fosh etildi'ning rasmi

Chirchiqda qalbaki hujjatlar orqali byudjetdan pul undirishga urinish barbod bo‘ldi. Gumonlanuvchilar 340 mln so‘mni olayotganda qo‘lga tushdi.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, guruh soxta elektron shartnoma va hisob-fakturalar orqali go‘yoki milliardlab so‘mlik ishlar bajarilganini “ko‘rsatib”, 2 mlrd so‘m QQSni qaytarib olgan.

Pulni bo‘lish jarayonida ular ushlandi. 

To‘rt nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi, ish doirasida boshqa aloqadorlar ham tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar