AsosiyJamiyat

Vyacheslav Golishyov – mamlakatning fidoyi iqtisodchisi va davlat arbobi vafot etdi.

Davlat va jamoat arbobi Vyacheslav Arkadyevich Golishev 7 aprel kuni 75 yoshida olamdan o‘tdi.

'Vyacheslav Golishyov – mamlakatning fidoyi iqtisodchisi va davlat arbobi vafot etdi.'ning rasmi

U mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va yangi avlod iqtisodchilarini tayyorlashda katta xizmat qilgan.

Vyacheslav Golishev 1951 yil 4 mayda Rossiya Federatsiyasining Omsk shahrida tug‘ilgan. 1972 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tugatib, iqtisodchi mutaxassisligini olgan, 1980 yilda M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Mehnat faoliyatini matbaa sohasida boshlagan, keyinchalik Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, Davlat reja qo‘mitasi va respublika partiya hamda davlat organlarida turli lavozimlarda ishlagan. 1992-1995 yillarda Prezident huzuridagi Jahon muammolari instituti direktori o‘rinbosari, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

2005-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisod vaziri, iqtisod va tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari lavozimlarida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga rahbarlik qilgan. Shu bilan birga Prezidentning davlat maslahatchisi sifatida ko‘p yillar ishlagan, davlat dasturlari va konseptual hujjatlarni ishlab chiqishda faol qatnashgan.

Bir necha marta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati bo‘lgan, qonunchilik va parlamentarizm rivojiga hissa qo‘shgan. Shuningdek, yangi avlod iqtisodchi kadrlarini tayyorlashga katta e‘tibor bergan.

Vyacheslav Golishev "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni va "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan. Mamlakatimizning fidoyi xodimi, olim va yoshlar uchun mehribon ustoz sifatidagi xotirasi qalblarda abadiy saqlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistonda P2P pul oʻtkazmalari nazoratga olinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:12

    Oʻzbekistonda P2P pul oʻtkazmalari nazoratga olinadi

    Soliq ma’murchiligini takomillashtirish doirasida P2P operatsiyalar monitoring qilinishi belgilandi.

    '"Beshqo'rg'on" bozori yong'indan so'ng yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    "Beshqo'rg'on" bozori yong'indan so'ng yopildi

    Eslatib o‘tamiz, Darakchi.uz muxbiri aynan yong‘in sodir bo‘lgan hududga borib maxsus reportaj tayyorlagadi.

    'Prezident sportdagі kamchіlіklarnі ochіq aіtdі: natіzha bor, tіzіm oqsayaptі'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:14

    Prezident sportdagі kamchіlіklarnі ochіq aіtdі: natіzha bor, tіzіm oqsayaptі

    Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektorda sport sohasidagi yutuqlar bilan birga jiddiy kamchiliklar ham tanqid qilindi.

    'Qo‘riqlash xodimlariga yangi vakolatlar beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:53

    Qo‘riqlash xodimlariga yangi vakolatlar beriladi

    Endilikda ular chekish, noqonuniy ov va daraxt kesish holatlari bo‘yicha chora ko‘rishi mumkin.

    'Mirziyoyev Matviyenkoni tabriklab, hamkorlikni muhokama qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:17

    Mirziyoyev Matviyenkoni tabriklab, hamkorlikni muhokama qildi

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienko bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Toshkentda bir kunda ikki avtobus yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:09

    Toshkentda bir kunda ikki avtobus yonib ketdi

    Toshkent shahrida 6 aprel kuni ikkita Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi.