Toshshahartransxizmat ma’lumotiga ko‘ra, birinchi yong‘in soat 18:45 atrofida 143-yo‘nalishdagi avtobusda yuz berga
Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida harakatlanayotgan paytda elektr kabellarida qisqa tutashuv kuzatilib, avtobus yona boshlagan. Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.
Ikkinchi holat esa soat 21:55 da Qibray tumanida 169-yo‘nalish avtobusida sodir bo‘lgan.
Bu safar ham motor qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv yuz berib, haydovchi yong‘inni mustaqil ravishda o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Har ikki holat yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmqda.






