Suhbat ikki davlat o‘rtasidagi biznes aloqalarni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlandi.
Uchrashuv kengash faoliyati rasman boshlanishi arafasida bo‘lib o‘tdi. Mirziyoyeva usbu platforma O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladi.

Ma’lum bo‘lishicha, u 6 aprel kuni Serjio Gor bilan Mar-a-Lagoda ham uchrashgan. Unda Tiffani Tramp va Maykl Bolos ham ishtirok etgan.
Amerika—O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi 2025 yil noyabrida tashkil etilgan bo‘lib, unga AQSh tomonidan Serjio Gor, O‘zbekistondan esa Saida Mirziyoyeva hamraislik qiladi.






