AsosiyJamiyat

Madaniyat vazirligi san'atkorlarni soliqqa tortishda yengillik so'radi

2026-yildan konsert-tomosha xizmatlarini “bir xizmat — bir to‘lov” tamoyili asosida ro‘yxatdan o‘tkazish taklif qilinmoqda.

'Madaniyat vazirligi san'atkorlarni soliqqa tortishda yengillik so'radi'ning rasmi

Biroq loyiha yuzasidan ayrim yengilliklar kiritish bo‘yicha takliflar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan san’atkorlar va boshlovchilarning xizmatlarini “Soliq” ilovasi orqali majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasi yuzasidan Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekkonsert bilan birga ko‘rib chiqilgan. Vazirlik ayrim bandlar yuzasidan rasmiy e’tiroz va takliflar kiritganiga qaramay, hujjat jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, amaldagi tartibga ko‘ra san’atkorlar allaqachon ijtimoiy soliq va yillik daromad solig‘ini to‘lab kelmoqda. Vazirlik yangi loyiha bo‘yicha soliq miqdorlarini toifalar kesimida adolatli belgilash, mexanizmlarni soddalashtirish va soha vakillari uchun maqbul sharotilarni saqlash tarafdori ekanini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar