AsosiyJamiyat

Qo‘riqlash xodimlariga yangi vakolatlar beriladi

Endilikda ular chekish, noqonuniy ov va daraxt kesish holatlari bo‘yicha chora ko‘rishi mumkin.

'Qo‘riqlash xodimlariga yangi vakolatlar beriladi'ning rasmi

Senat ayrim ekologik va ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolatini IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamentiga berishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Endilikda ular chekish, noqonuniy ov va daraxt kesish holatlari bo‘yicha chora ko‘rishi mumkin.

Qonunga ko‘ra, jamoat joylarida tamaki iste’moli va ekologik qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish vakolati qo‘riqlash xodimlariga o‘tkaziladi. Shuningdek, texnik qo‘riqlash vositalariga ruxsat berish funktsiyasi Ichki ishlar vazirligiga beriladi.

Senatorlar ushbu o‘zgarishlar jamoat xavfsizligini mustahkamlash va tartib-intizomni kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar