AsosiyJamiyat

Sirdaryo maktabidagi zo‘ravonlik: o‘quvchi qiz yuziga bir necha bor urilishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bolalar ombudsmani tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan nazorat o‘rnatildi.

'Sirdaryo maktabidagi zo‘ravonlik: o‘quvchi qiz yuziga bir necha bor urilishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

Aniqlanishicha, 31 mart kuni umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari — 2008 yilda tug‘ilgan M.M va B.SH o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan va M.M B.SHning yuziga bir necha bor qo‘li bilan zarba bergan.

Yetkazilgan tan jarohati yuzasidan har ikki voyaga yetmagan nisbatan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi. Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’lim muassasalarida bulling holatlarini oldini olish va xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

    Boshqa yangiliklar