6 aprel kuni davlat rahbari soliq organlari faoliyatini isloh qilishga oid taqdimot bilan tanishib, so‘nggi ikki yilda soliq bazasi kengaygani hisobiga budjet tushumlari iqtisodiyot o‘sishidan tezroq ortayotgani qayd etildi.
Bu natijalarni Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham e’tirof etgani ta’kidlandi. Yig‘ilishda raqamli tahli va sun’iy intellekt asosida “aqlli” nazorat tizimini joriy etib, joriy yilda budjetga qo‘shimcha 30 trillion so‘m tushum ta’minlash, bozorlar va savdo majmualarini to‘liq raqamlashtirish, P2P operatsiyalarni monitoring qilish hamda norasmiy bandlikni rasmiylashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Shuningdek, soliq ma’murchiligini soddalashtirish va tadbirkorlar uchun qulay hamda adolatli soliq muhitini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.






