Rossiyaning Tyumen viloyati Tobolsk shahrida ishlayotgan 26 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi to‘lanmay kelgani aniqlandi. Gap fevral–mart oylari uchun 2 million rubldan ortiq mablag‘ haqida ketmoqda.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va mutasaddi idoralar aralashuvidan so‘ng ish beruvchilar qarzdorlikni tan oldi.
Muzokaralar yakunida ushlab qolingan maoshlarni to‘lab berishga kelishildi.






