AsosiyJamiyat

"O'zgidromet" ogohlantirish bilan chiqdi

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

'"O'zgidromet" ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Joriy yilning 7-9 aprel kunlari kutilyotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Unga ko‘ra:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaxudug‘, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabad shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan.

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:10

    'Talabalarni "begona ish"ga jalb qilish taqiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:56

    Talabalarni "begona ish"ga jalb qilish taqiqlandi

    O'zbekistonda oliy ta'limga oid yangi nizom qabul qilindi.

    'Umraga borgan 170 nafar o‘zbekistonlik Saudiya qayt olmayapti.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:05

    Umraga borgan 170 nafar o‘zbekistonlik Saudiya qayt olmayapti.

    Makkada 170 dan ortiq o‘zbekistonlik ziyoratchi Vatanga qaytishni kutib qoldi.

    '"Beshqo'rg'on"daghi yong'inda jabrlanganlar bormi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:27

    "Beshqo'rg'on"daghi yong'inda jabrlanganlar bormi?

    Toshkent shahar FVBB rasmiy munosabat bildirdi.

    'Sindorov etakchilikni saqlab qoldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:09

    Sindorov etakchilikni saqlab qoldi

    Kiprda o‘tayotgan Nomzodlar turnirining birinchi davrasi yakunida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov peshqadamlikni qo‘ldan boy bermadi.

    'Haftaning dastlabki kuni ob-havo qanday boʻladi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:07

    Haftaning dastlabki kuni ob-havo qanday boʻladi?

    “O‘zgidromet” 6 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi.