AsosiyDunyo

Germaniya Eronga qarshi urushda ishtirok etadimi?

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniyaning Eronga qarshi urushda qatnashishi yoki qatnashmasligi haqida maʼlumot berdi.

'Germaniya Eronga qarshi urushda ishtirok etadimi?'ning rasmi

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniyaning Eronga qarshi urushda qatnashmasligini ta'kidladi. Bu haqda u parlamentdagi muhokamada so‘z ochdi.

Vazir Germaniya mojaro tomonda emasligini, balki keskinlikni pasaytirish va zo‘ravonlikning kengayishini cheklashga harakat qilishini bildirgan.

Bundestagda o‘tkazilgan muhokamada Pistorius urushdan keyingi davr uchun aniq strategiya zarurligini aytgan. Uning fikricha, harbiy mojaroni boshlash oson, ammo uni yakunlash qiyin. Shu sababli mintaqadagi muammolarni faqat harbiy kuch bilan hal qilish mumkin emas.

Qolaversa, Parlament muhokamalarida siyosiy partiyalar turli pozitsiyalar bildirgan. Norbert Röttgen Xristian-demokratik ittifoqi tashqi siyosat eksperti sifatida Erondagi hokimiyat tizimini “maksimal zaiflashgan terrorchi rejim” deb atagan va bu Eron aholisi hamda mintaqaviy xavfsizlik uchun ijobiy natija bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Ines Shverdtner So‘l partiya vakili sifatida Germaniya kansleri Fridrix Mersni Eronga berilgan zarbalarni xalqaro huquqni buzish deb ochiq aytmaganlikda tanqid qilgan. U tashqi kuchlar tomonidan rejim almashtirish urushni yanada kuchaytirishini ta'kidlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron raketalari Ozarbayjon aeroportiga qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:59

    Eron raketalari Ozarbayjon aeroportiga qulab tushdi

    Aeroport Eron bilan chegaraqa taxminan 10 km masofada joylashgan.

    'Eronning yerosti "raketa shaharlari" AQSh va Isroil zarbalari uchun asosiy nishonga aylandi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:14

    Eronning yerosti "raketa shaharlari" AQSh va Isroil zarbalari uchun asosiy nishonga aylandi.

    Harbiylar ma'lumotiga ko'ra, bir necha kun ichida yuzlab raketa va uchirish qurilmalari yo'q qilingan.

    'Yaqin Sharqdagʻi mojaro ortidan Yevropa va qoʻshni davlatlarda yoqilgʻi qimmatladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:30

    Yaqin Sharqdagʻi mojaro ortidan Yevropa va qoʻshni davlatlarda yoqilgʻi qimmatladi

    EY mamlakatlari, Ukraina va Moldovada benzin hamda gaz narxlari keskin o‘sdi.

    '"Dangal" filmi qanday qilib dunyo rekordini o'rnatdi?'ning rasmi

    Dunyo 04.03.2026 17:23

    "Dangal" filmi qanday qilib dunyo rekordini o'rnatdi?

    Hind kinosida "Baahubali" yoki "Pushpa" kabi yirik loyihalar bor. Ammo dunyo bo'yicha eng katta daromad keltirgan film deganida bir nom tilga olinadi. Bu nom "Dangal".

    '“Yevropa davlatlari urushga qo‘shilsa, ularga zarba beriladi” — Tehron'ning rasmi

    Dunyo 04.03.2026 15:04

    “Yevropa davlatlari urushga qo‘shilsa, ularga zarba beriladi” — Tehron

    Yevropaliklarning Eronga qarshi har qanday harakati "urush harakati" sifatida baholanishi ma'lum qilindi.

    'Ferdinand Dubayda dron hujumidan himoyalanganini aytdi'ning rasmi

    Dunyo 04.03.2026 09:41

    Ferdinand Dubayda dron hujumidan himoyalanganini aytdi

    O‘tgan yili oilasi bilan Dubayga ko‘chib o‘tgan sobiq “Manchester Yunayted” himoyachisi Rio Ferdinand Eron dron hujumlari sabab uylarining yerto‘lasida yashirinishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.