AsosiyJamiyat

Qozog‘iston qo‘shni davlatlarga internet uzatishni rejalashtirmoqda, ro‘yxatda O‘zbekiston yo‘q

Qozog‘iston sun’iy yo‘ldosh infratuzilmasi orqali qo‘shni davlatlarni internet bilan ta’minlash rejasini e’lon qildi.

'Qozog‘iston qo‘shni davlatlarga internet uzatishni rejalashtirmoqda, ro‘yxatda O‘zbekiston yo‘q'ning rasmi

Sun'iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev Qozog'iston hududida joylashgan Starlink shlyuz stantsiyalari orqali mintaqaviy internet ulanishini kengaytirish rejalashtirilayotganini ma'lum qilgan. Bu hafta Zamon.uz ma'lum qildi.

Shu bilan birga, ichki infratuzilmani rivojlantirish ishlari ham davom etmoqda. Joriy yil oxirigacha 1900 ta qishloq optik tolali internetga ulanadi. Kelgusi yilda qishloq hududlarining 90 foizidan ortig'ini yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, milliy avtomobil yo'llari optik tolali aloqa bilan ta'minlanadi, internet xizmatlari temir yo'l yo'nalishlari va mahalliy aviareyslarda ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2027 yilgacha 20 ta yirik shaharda 5G qamrovi 60–75 foizgacha yetkaziladi. Shu vaqtga borib, mamlakat bo'ylab internet qamrovi deyarli 100 foizga yaqinlashishi va o'rtacha tezlik soniyasiga 100 megabitdan oshishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar