AsosiyDunyo

Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamolov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev atoqli davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Qallibek Kamolovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

'Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamolov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.'ning rasmi

Qayd etilishicha, Qallibek Kamolov 1926 yil 18 martda Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida tug‘ilgan. 1955 yilda Nukus davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar qo‘mitasi kotibi, Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Nukus shahar ijroiya qo‘mitasi raisi kabi lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, u kommunal xo‘jaligi vaziri, yo‘l transporti va avtomobil yo‘llari vaziri, partiya qo‘mitasi kotibi vazifalarida faoliyat yuritgan. 1959–1963 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, 1963–1984 yillarda esa partiya qo‘mitasining birinchi kotibi sifatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan.

Ta’ziya xatida ta’kidlanishicha, Qallibek Kamolov boy tajribasi, yuqori insoniy fazilatlari va Vatanga sadoqati bilan el-yurt qalbidan chuqur joy olgan. Uning rahbarligida Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va ishlab chiqarish sohalari rivojlantirilgan, aholi turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan.

So‘nggi yillarda u Qoraqalpog‘iston Respublikasi nuro‘nlar jamoat kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib, keksalarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlarida faol ishtirok etgan.

Qallibek Kamolov davlat va xalq oldidagi xizmatlari uchun “Shuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

    Boshqa yangiliklar