AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston Nipah virusi sabab Hindistondan hayvonlar importini vaqtincha taqiqladi

Нипаҳ вируси тарқалиши билан боғлиқ эпидемиологик хавф сабаб Ўзбекистон Ҳиндистон Республикасидан тирик ҳайвонлар ва қушларни олиб киришни вақтинча тақиқлади.

'Oʻzbekiston Nipah virusi sabab Hindistondan hayvonlar importini vaqtincha taqiqladi'ning rasmi

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining qaroriga asosan, Hindistonning barcha hududlaridan tirik hayvonlar va qushlar importiga, shuningdek, G‘arbiy Bengalya shtatidan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi barcha turdagi tovarlarni olib kirishga 2026 yil 29 yanvardan boshlab cheklov joriy etilgan.

Mazkur chora Nipah virusining O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Qayd etilishicha, Xalqaro hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti (WOAH) hamda ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning G‘arbiy Bengalya shtatida Nipah virusi tarqalishi bilan bog‘liq murakkab epidemiologik vaziyat kuzatilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:24

    Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

    2026 yil 5 fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    'O‘zbekistonda 2025 yilda tez yordam xizmatiga 3,2 mingdan ortiq yolg‘on chaqiriq kelib tushdi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:06

    O‘zbekistonda 2025 yilda tez yordam xizmatiga 3,2 mingdan ortiq yolg‘on chaqiriq kelib tushdi.

    2025 yilda O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatiga kelib tushgan yolg‘on chaqiriqlar soni 3 ming 244 tani tashkil etdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:04

    'Qorabog'ning sobiq prezidenti Araik Arutyunyan umrbod qamoqqa hukm qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:19

    Qorabog'ning sobiq prezidenti Araik Arutyunyan umrbod qamoqqa hukm qilindi.

    5 fevral kuni Boku harbiy sudi tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq prezidenti Araik Arutyunyanga nisbatan umrbod qamoq jazosini tayinladi.

    'Fotoorqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jazo 1 oy ichida qo‘llanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:32

    Fotoorqali aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jazo 1 oy ichida qo‘llanadi

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, fotoradarlar va videokuzatuv vositalari orqali qayd etilgan yo‘l qoidabuzarliklari uchun ma’muriy jazo 1 oydan kechiktirmasdan qo‘llanilishi kerak.

    'Oʻzbekiston va AQSH muhim foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni kuchaytiradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:53

    Oʻzbekiston va AQSH muhim foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

    Oʻzbekiston hukumat va Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumat oʻrtasida muhim foydali qazilmalar hamda noyob yer elementlarini qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.