AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyevni Islomoboddda Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidentining Pokistonga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

'Shavkat Mirziyoyevni Islomoboddda Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari kutib oldi.'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Islomobod shahrida ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Ishoq Dor kutib oldi.

Uchrashuvda Ishoq Dor davlatimiz rahbariga tashrif doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar kun tartibi haqida ma’lumot berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur davlat tashrifini tashkil etishda vazirning qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralar hamda Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston – Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yangi amaliy mazmun bilan boyitishiga ishonch bildirildi.

    Boshqa yangiliklar