AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston maktablari qogʻoz kundaliklarga qaytyaptimi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ushbu ma'lumotlarga izoh berdi.

'Oʻzbekiston maktablari qogʻoz kundaliklarga qaytyaptimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda an'anaviy — qog'oz kundalik va sinf jurnallari qayta joriy etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi usbu ma'lumotlarga izoh berdi.

Vazirlikka ko'ra, maktablarda qog'oz kundaliklarga qaytish bo'yicha hech qanday topshiriq berilmagan. Amaldagi tartibga muvofiq, barcha umumta'lim maktablarida o'quvchilarning davomati va baholari eMaktab elektron jurnal tizimi orqali yuritilmogda.

Qayd etilishicha, elektron tizim o'qituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, baholashda shaffoflikni ta'minlash va ota-onalarga farzandlarining o'qishini masofadan kuzatish imkoniyatini berishga xizmat qilmogda.

Vazirlik raqamlashtirish jarayonlari ortga qaytmas tus olganini ta'kidlab, tarqalayotgan xabarlar huquqiy asosga ega emasligini ma'lum qildi.

    Boshqa yangiliklar