Unda tadbirkor o‘zga 2024 yilda ajratilgan 1,5 gektar yer boshqa MChJga berib yuborilganini, aynan shu korxona esa hududga sport bilan shug‘ullangan shaxslarni yuborganini aytgan. Shuningdek, u mazkur muammoni hal etishda yordam so‘ragan.
Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, voqea hududiy ichki ishlar organlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan va janjal ishtirokchilarining barchasi aniqlandi. Hodisa davomida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan.
Hozirda ko‘chmas mulkka oid hujjatlarga aniqilik kiritish zarurati bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Videoda aks etgan janjal ishtirokchilariga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborish chorakori ko‘rilgan.
Qonun ustuvorligi to‘liq ta’minlanishi va jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ma’lum qilindi.






