AsosiyJamiyat

Samarqandda “Amir Temur siymosi sahnada” teatr festivali start oldi

Ushbu nufuzli san'at bayrami Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2026-yil 5-fevraldagi "Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi PQ-46-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilmogda.

'Samarqandda “Amir Temur siymosi sahnada” teatr festivali start oldi'ning rasmi

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan 11–13 aprel kunlari o‘tkazilayotgan festival doirasida “Amir Temur va temuriylar davri liboslari” ko‘rgazmasi ham tashkil etilmoqda.

Tadbirda mamlakat bo‘ylab 25 ta teatr ishtirok etmoqda. Ular orasida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri, Qo‘qon shahar musiqali drama teatri, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri, Qoraqalpog‘iston davlat akademik musiqali teatri hamda Namangan viloyati musiqali drama teatrining turli spektakllari namoyish etilmoqda.

Festival Qashqadaryo viloyati teatrining “Oqsaroy” spektakli bilan boshlandi. Shundan so‘ng “Amir Temur va temuriylar davri liboslari” nomli tantanali yurish Bibixonim madrasasidan Registon maydoni orqali Samarqand musiqali drama teatrigacha o‘tkazildi.

Ochilish marosimida madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixonov so‘zga chiqib, Temuriylar davrining tarixiy va ma’naviy ahamiyati haqida to‘xtaldi.

Festival dasturi doirasida turli teatrlarda spektakllar namoyishi hamda liboslar ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yakunda g‘oliblar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Ushbu nufuzli san’at bayrami Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2026-yil 5-fevraldagi “Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ–46-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda. Mazkur tarixiy hujjat nafaqat yubiley tadbirlarining rejasini, balki milliy davlatchiligimiz poydevorini mustahkamlash, ajdodlar merosini yangi davr talablari asosida anglash va uni kelajak avlodlarga yetkazishning strategik yo‘nalishlarini belgilab berdi.

    Boshqa yangiliklar