AsosiyBu qiziq

2025 yilda Oʻzbekistonda qariyb 19 ming kishi ozodlikdan mahrum etildi

Yil davomida sudlar tomonidan 63 mingdan ortig jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, 63 340 nafar shaxs sudlangan.

'2025 yilda Oʻzbekistonda qariyb 19 ming kishi ozodlikdan mahrum etildi'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yilda sudlar tomonidan jami 63 mingdan ortiq jinoyat ishi ko'rib chiqilgan. Natijada 63 340 nafar shaxsga nisbatan sud hukmlari chiqarilgan.

Sudlanganlarning 18 816 nafari ozodlikdan mahrum etilgan bo'lsa, 43 531 nafar shaxsga boshqa turdagi jazolar tayinlangan. Shuningdek, 993 nafar shaxs shartli hukm qilingan.

Sudlanganlar orasida 55 829 nafar erkak va 7 511 nafar ayol bor. Ularning 23 973 nafari yoshlar bo'lib, shundan 2 431 nafari voyaga yetmaganlar hisoblanadi. Bundan tashqari, 2 830 nafar sudlangan shaxs 60 yoshdan oshgan.

Shu bilan birga, yil davomida 422 nafar shaxs oqlandi, 13 224 nafar fuqaro esa yarashuv asosida jinoyiy javobgarlikdan ozod etildi.

Eng ko'p jinoyat ishlari Toshkent shahri, Farg'ona, Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar