Isroil AQSh bilan yangi 10 yillik xavfsizlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda 27 yanvar kuni Financial Times xabar berdi. Qayd etilishicha, kelgusi haftalarda bo‘lib o‘tishi kutilyotgan muzokaralarda Isroil qurol-yarog‘ savdosini kengaytirish hamda qo‘shma harbiy va mudofaa dasturlarini rivojlantirishni maqsad qilgan.
Isroil Harbiy va mudofaa vazirligining sobiq bosh moliyaviy maslahatchisi Gil Pinchasning ta’kidlashicha, hamkorlik faqat moliyaviy yordam bilan cheklanib qolmasligi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, har yili AQSh tomonidan ajratiladigan 3,3 milliard dollarlik harbiy yordam kelajakda qisqartirilishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 2016 yilida AQSh va Isroil o‘rtasida 2028 yil sentyabrigacha amal qiladigan 10 yillik memorandum imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra Isroilga jami 38 milliard dollarlik harbiy yordam ajratilishi belgilangan. Shuningdek, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yaqin o‘n yillikda mamlakatning AQSh harbiy yordamiga qaramligini kamaytirish rejalari borligini bildirgan.






