AsosiyJamiyat

AQShda kuchli qor boʻroni ortidan 1 milliondan ortiq uy elektrsiz qoldi

Minglab reyslar bekor qilindi.

'AQShda kuchli qor boʻroni ortidan 1 milliondan ortiq uy elektrsiz qoldi'ning rasmi

Kecha, 25 yanvar kuni AQShda kuchli qishki bo‘ron oqibatida 1 milliondan ortiq uy-joy elektor ta’minotisiz qoldi, 10 mingdan ziyod aviaqatnovlar bekor qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

PowerOutage.us servisi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 00:16 holatiga ko‘ra, Tennessee shtatida kamida 330 ming, Mississippi va Louisiana shtatlarida esa 100 mingdan ortiq uy-joyda elektr uzilgan. Shuningdek, Texas, Kentucky, Jorjiya, G‘arbiy Virginia va Alabama shtatlari ham bo‘rondan zarar ko‘rgan hududlar qatorida qayd etilgan.

FlightAware parvozlarni kuzatish saytining ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh bo‘ylab 11 mingga yaqin aviaqatnov bekor qilingan.

Shu bilan birga, Washingtondagi Ronald Reygan nomidagi milliy aeroport kecha barcha reyslar bekor qilinganini e’lon qilgan. Nyu-York, Filadelfiya va Shimoliy Carolinadagi yirik aeroportlarda reyslarning 80 foizdan ortig‘i bekor qilingan.

Bo‘ron tufayli transport va elektr tizimida yuzaga kelgan muammolar aholiga jiddiy noqulayliklar tug‘dirdi, hukumat va favqulodda xizmatlar vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar