AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchilikni qoʻlga kiritdi

Reytingda O‘zbekistonning muhim ustunliklaridan biri safarbarlik salohiyati sifatida ko‘rsatilgan.

'Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchilikni qoʻlga kiritdi'ning rasmi

Global Firepower tuzgan yangilangan harbiy qudrat indeksida O‘zbekiston Qurolli kuchlari o‘z mavqeini sezilarli darajada mustahkamlagan. 145 ta davlat qamrab olingan ro‘yxatda mamlakat 53-o‘ringa chiqib, Markaziy Osiyo bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etdi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Global Firepowerning 2026 yilgi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan besh pog‘ona yuqorilagan va 58-o‘rindagi Qozog‘istondan o‘zib ketgan.

Reytingda O‘zbekistonning muhim ustunliklaridan biri safarbarlik salohiyati sifatida ko‘rsatilgan. 36,5 mln aholi orasida qariyb 16 mln kishi harbiy xizmatga yaroqli deb baholanadi. Qurolli kuchlarda taxminan 120 ming harbiy xizmatchi xizmat qiladi, ularning asosiy qismi quruqlik qo‘shinlariga to‘g‘ri keladi.

Armiya texnik ta’minoti ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega: 470 ta tank va 8 692 ta zirhli texnika mavjud. Artilleriya yo‘nalishida, jumladan, 177 ta o‘ziyurar artilleriya qurilmasi qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 23-o‘rinda turadi.

Harbiy havo kuchlari tasarrufida 159 ta uchish texnikasi bor, shundan 101 tasi vertolyotlar. Zarba beruvchi aviatsiyaga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlanadi: 34 ta zarba vertolyoti O‘zbekistonga usbu parametr bo‘yicha global reytingda 20-o‘rinni ta’minlagan.

Umuman olganda, qo‘shinlar tuzilmasi va ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda harbiy yetakchi sifatidagi pozitsiyini kuchaytirdi. Mintaqadagi o‘rinlar: O‘zbekiston — 53, Qozog‘iston — 58, Turkmaniston — 78, Tojikiston — 100, Qirg‘iziston — 109.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:03

    'DHX va IIV hamkorligida jinoyatchilikka qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 8 kishi qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:28

    DHX va IIV hamkorligida jinoyatchilikka qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 8 kishi qo‘lga tushdi

    Respublikaning 6 hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda narkotik va psixotrop dori savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan tortib, xonadonida qimorxona tashkil qilgan “biznesmen” ham qo‘lga olindi.

    'Dubayda oʻzbekistonliklar oʻlimga hukm qilinishi rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:44

    Dubayda oʻzbekistonliklar oʻlimga hukm qilinishi rad etildi

    ТИВ darakchi.uz’нинг сўровига жавоб берди.

    '“Bunday muhim tadbir 37 yilda birinchi marta o‘tkazilyapti” - Prezident'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:30

    “Bunday muhim tadbir 37 yilda birinchi marta o‘tkazilyapti” - Prezident

    Davlat rahbari videoselektor yig‘ilishi so‘ngida barcha yurtdoshlarimizni ro‘yxatga olishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

    'Endi 37 ta "og'ir" tumanlarda ba'zi turdagi kreditlar 12 foizdan beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:17

    Endi 37 ta "og'ir" tumanlarda ba'zi turdagi kreditlar 12 foizdan beriladi

    Бу ҳақда Президент видеоселектор йиғилишида маълум қилди.

    'Jizzahda alkotesterlar orqali haydovchilardan pul undirib kelgan YПX xodimi qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:54

    Jizzahda alkotesterlar orqali haydovchilardan pul undirib kelgan YПX xodimi qoʻlga olindi

    Tezkor tadbirlar jarayonida pora o‘tkazilgan bank kartasi egasi G‘allaorol tumani «Baxt» mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan shaxs ekani, u jarima maydonida ishlashi hamda ushbu YPX inspektori bilan aloqadorligi aniqlandi.