Farg‘ona vodiysidagi noqulay ob-havo sharoiti – kuchli qor yog‘ishi tufayli 23 yanvar kuni bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.
Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar qilishicha:
S7 Airlines aviakompaniyasining Irkutsk—Andijon yo‘nalishidagi S76311 reysi ekipaji O‘shdagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 00:01 da qo‘ndi).
Air Samarkand aviakompaniyasining Jidda—Namangan yo‘nalishidagi 9S5010 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 00:27 da qo‘ndi).
Ural Airlines aviakompaniyasining Yekaterinburg—Namangan yo‘nalishidagi U62963 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da qo‘ndi).
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Samara—Namangan yo‘nalishidagi HY9806 reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘nalishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 04:11 da qo‘ndi).
FlyOne Asia aviakompaniyasining Madina—Namangan yo‘nalishidagi 7Q4452 reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘nalishni o‘zgartirishga qaror qildi (mahalliy vaqt bilan soat 06:05 da qo‘ndi).
Uzbekistan Airports matbuot xizmatining soat 9:30 larda e’lon qilingan axborotida ayni paytda Namangan xalqaro aeroporti odatiy rejimda ishlayotgani bildirilgan.






