Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurbonbek Boqiyevning ukasi Ahmad Boqiyev O‘zbekiston hududida vafot etdi. Bu haqda OAV manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, marhumning jasadi Jalolobod viloyatiga olib borilib, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ida dafn etiladi. U so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yashab kelgan va uzoq vaqt davomida kasallik bilan og‘rigani aytilmoqda.
Ahmad Boqiyev 2010 yildagi voqealardan so‘ng bir qator jinoyiy ishlar markazida qolgan va sud tomonidan aybdor deb topilgan edi. Keyinchalik u g‘oyib bo‘lgani va uzoq vaqt davomida xorijda yashab kelgani haqida xabarlar tarqalgan.






