Termiz shahrida bir guruh yoshlar tomonidan sodir etilgan bezorilik holati fosh etildi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Chegara” mahallasidagi sport majmuasida ilgari sudlangan shaxslar o‘tkir tig‘li jismlar bilan qurollanib, jamoat tartibini buzgan.
Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida barcha gumondorlar qo‘lga olinib, sud qarori bilan 10 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi.
Shuningdek, 1 aprel kuni shaharning yana bir hududida shunga o‘xshash holat qayd etilgani, unda ham bir guruh shaxslar o‘rtasidagi tortishuv pichoq ishlatilgan janjalga aylanganligi ma’lum qilindi. Hozirda mazkur ish yu






