AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportida 6,3 kg marixuanani olib kirishga urinish fosh etildi

Poytaxt aeroportida giyohvandlik vositasini mamlakaga olib kirishga urin xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi.

'Toshkent aeroportida 6,3 kg marixuanani olib kirishga urinish fosh etildi'ning rasmi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Bangkokdan uchib kelgan yo‘lovchilardan biriga tegishli qo‘l yuki va bagaj tekshirilganda shubhali holat aniqlandi. Tekshiruv davomida yuklar orasida turli qadoqlar ichiga yashirilgan 12 ta polietilen o‘ram topilgan.

Belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida o‘ramlar ochib ko‘rilganda, ichidagi yashil rangli o‘tkir hidli modda Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, 6,3 kilogrammdan ortiq quritilgan marixuana ekani ma’lum bo‘lgan. Ushbu modda O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan giyohvandlik vositasi hisoblanadi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning dastlabki choragida “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari va bojxona postlari tomonidan aniqlandigan 15 ta holatda qariyb 30 kilogramm og‘irlikdagi giyohvandlik vositalari, jumladan sintetik narkotiklarning chegara orqali noqonuniy olib o‘tish va ichki hududdagi yashirin aylanishiga chek qo‘yilgan.

Olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 kilogrammga oshgani qayd etildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:33

    Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

    Bugun, 13 aprel kuni Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

    'Porа bilan qo‘lga tushgan inspektorqa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:11

    Porа bilan qo‘lga tushgan inspektorqa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi inspektori o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, noqonuniy boylik orttirishga uringan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:38

    'Sel kelishi xavfi e'lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:28

    Sel kelishi xavfi e'lon qilindi

    "O‘zgidromet" 14-17 aprel kunlari kuchli yog‘ingarchilik sabab qator hududlarda sel kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

    '“Malikam, endi qara” seriali yulduzi narkotik bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:12

    “Malikam, endi qara” seriali yulduzi narkotik bilan ushlandi

    Aktyorning rasmiy vakillari hozircha holat yuzasidan hech qanday izoh bergani yoʻq.

    'AQSH Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasini e'lon qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:54

    AQSH Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasini e'lon qildi

    Muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Vashington Eronning neft savdosini cheklashga qaratilgan keskin choraga o‘tdi.